Karimov Islom Abdug‘aniyevich (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri) Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. O‘zbekiston qahramoni (1994). 1960-yili O‘rta Osiyo politexnika instituti, 1967- yilda esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan “Tashselmash” zavodida avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog, 1961-1966-yillarda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, so‘ngra yetakchi muhandis- konstruktor bo‘lib ishladi. 1966-1983-yillarda O‘zbekiston Davlat Plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo‘limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat Plan komiteti Raisining biri