BAHTLI BO`LGIN EY KELINCHAK...
Ota uyning bo`ldim dema begonasi,
Seni kutar endi yoring ostonasi,
Xar insonning taqdiri bor peshonasi,
Bahtli bo`lgin ey kelinchak, yig`lamagin.
Bu uyda xam o`z uyingdek o`ynab-kulgin,
O`sha uying, o`sha ota onang bilgin,
Endi o`g`il qizlaringga ona bo`lgin,
Bahtli bo`lgin ey kelinchak, yig`lamagin.
Qara, otang sendan battar ezilmoqda,
Onaginang ko`zidan yosh sizilmoqda,
Farishtalar boshing uzra tizilmoqda,
Bahtli bo`lgin ey kelinchak, yig`lamagin.
Endi senga tog`dek suyanch bo`lgay kuyov,
Sevolmaydi seni xechkim udek birov,
Qo`ygin endi xammaga xam bor bu sinov,
Yig`lamagin ey kelinchak, yig`lamagin.
So`rarim bor go`shangangda yanga