Gohida eng yaqin jigarlaring ham,
Tog'dek g'ururingni bukib qo'yarkan,
Madad bo'ldi menga deysan og'ir dam,
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.
Qani opa-singil, yo aka uka,
Topgan pulingga hech bo'lmas baraka,
Shunday kun do'stlar ham qo'yishar yakka,
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.
Iltimos deb agar so'z ochsang kimga,
Darrov nasihatdan gap boshlar senga,
Darmon topolmaysan bitmas dardingga,
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.
Qilgan rejalaring buzilib ketsa,
Umid ildizlari uzilib ketsa,
Uydagi notinchlik joningdan o'tsa,
Qarzdorlik boshingni egib qo'yarkan.
Gohida nokerak xarajat qilib,
Bemaqsad yo'llarda harakat qilib,
Yig'laysan yuraging alamga to'lib,
Qarzdorlik b