"MUSOFIR"
ASRA XUDOYIM
Umr yo'li chalkash, taqdir tuzoqda,
Men tark etolmasman tug'ilgan joyim.
Halol risqin terib yurgan uzoqda,
Musofir do'stimni asra Xudoyim!
Vatanda bulbuldek sayraydi zog'lar,
O'ltirsam yo'llarga tikib qarog'lar,
Do'stim omonmi deb dilda so'roqlar,
Musofir do'stimni asra Xudoyim!
Har kim duo aylar, ko'nglidan uzib,
Bu sherni yozmadim tinchimni buzib,
Sog'inch o'tib keldi ko'zimdan sizib,
Musofir do'stimni asra Xudoyim!
Tirikchilik yo'li chigaldir buncha,
Vaqt o'tar ko'zingni ochib yumguncha,
Yorug' yuzla uyga qaytib kelguncha,
Musofir do'stimni asra Xudoyim!
Bir paytlar musofir
bo'lganman men xam
Bilaman bu qanday ozorli sitam,
Dardiga diydordan ko'rsatgin malham,