Do‘stlarim bor, yo‘qmas dushmanim ;Har kimning ham bordir bir yovi. Yaxshi ko‘rsa bittasi mani, Yoqtirmaydi boshqa birovi. Odam bo‘lmoq emasdir oson, Bu yo‘lda bor, balki kam-ko‘stim. Fe’l-atvorim yoqmay nogahon – Tashlab ketar ba’zi bir do‘stim. Tosh tarafga og‘sa tarozi, "Jon do‘stlar" ham seni der "yomon!"Demay: "Bu gap yolg‘onmi, rostmi", Nafratlarin sochar beomon. Mayli, gapim, fe’l-atvorim goh Kimlargadir yoqsin-yoqmasin, Xalqim!Nafrat-qahringdan, biroq, Yo‘q, Xudoning o‘zi saqlasin!