Charchadim sevgining yolg'onlaridan Qaydanam uchratdim? Qaydanam sevdim? Nima topdim ayting baxtmi, shodlikmi? Yo'q. Yo'q. Unday emas. Men o'tda kuydim. Endi yuragimga abadiy muhr Sevgining alamli aks-sadosi. Ishqning malikasi bo'lay dedim, lek Bo'lolmadim. Chunki men uning gadosi. Barchindek sevgimga kuch bo'lmoqchidim Biroq Alpomishdek bo'lmadi yorim. Bo'lmadi Farxoddek, bo'lmadi Majnun Men kimga aytayin ohim-u zorim? Necha yil yig'ladim muhabbatim deb, Ko'z yoshlar daryodek oqdi- yu ketdi. Bu azob, bu alam, bu siqilishlar Ey, xudo juda ham jonimga tegdi. Yordam ber Ollohim uni unutay Undan ko'rganlarim sitamlarni ham. Qalbimdagi kuygan jarohatlarga Ber tangrim, topib ber o'zing bir malham