Xotiraga ko'ndi sevgimiz,
Baxtning shodon kulgusi tindi.
Armon bo'ldi sodiq tuyg'umiz,
Sen birovning yorisan endi...
Ayro-ayro tushdi yo'limiz,
Orzularning cho'g'lari so'ndi.
Ko'z yosh bo'lib oqdi ko'nglimiz,
Sen birovning yorisan endi...
Umrimga iz solding-u lekin,
Jonimdan jon olding-u lekin,
Tushlarimda qolding-u lekin,
Sen birovning yorisan endi...
Qo'lga olsam yig'lar surating,
Peshonasi sho'r muhabbatim.
Yashasa xam menda xasrating,
Sen birovning yorisan endi...
Bir kun kelib tog'lar uchrashar,