Paxtakor talabalarga bag'ishlanadi (16.10.2014)
Sho'xlik shahrin tezda tark etib,
Ko'p agatning boshiga yetib,
Terib-terib so'ng bezib ketib,
Noyabrni kutib yashayman.
Qancha terma, fartuk to'lmaydi,
Hamma g'amgin, sira kulmaydi,
Dekaniniz shafqat bilmaydi,
Noyabrni kutib yashayman.
Paxta ham zo'r, ko'raklar bo'liq,
Qorin qumsar baliq yo tovuq.
Shiponimiz ko'chadan sovuq,
Noyabrni kutib yashayman.
Til aylanmas aytishga so'z yo'q,
Qizlarga ham qarashga ko'z yo'q.
Gapirgani normalni qiz yo'q.
Noyabrni kutib yashayman.