Tunlar ko’zda namlarim, Ortib borar g’amlarim, Keling, o’chmay shamlarim, Jonim, sizni sog’indim! Oyga boqsam, oy xafa, Sirim aytsam, soy xafa, Mendan siz yo’q joy xafa, Jonim, sizni sog’indim! Kunim kunday bo’lolmay, Sizsiz ko’ngil to’lolmay, Na yashab, na o’lolmay, Jonim, sizni sog’indim! Qarang, yurak yonmoqda, Ruh tanamdan tonmoqda, Kecha, bugun, shu choqda, Jonim, sizni sog’indim! Keling gulday, bahorday, Bulbul kuyli nahorday, Suvsiz qolgan anhorday, Jonim, sizni sog’indim! Tunlar ko’zda namlarim, Ortib borar g’amlarim, Keling, o’chmay shamlarim, Jonim, sizni sog’indim!