Kimlar uchun yuksaklarga parvoz etgan zo'rman men. Lekin ular bilishmaydi hali hamon g'o'rman men. Yonimdagi jannatimni ko'rolmagan ko'rman men, Chin manzilim yonimdayu uzoqlarni ko'zlabman, Yonginangda yuribmanu qariganing sezmabman.
Dunyoga keltiribsan oq yuvib oq tarabsan, umri uzoq bo'lsin deb yaratgandan so'rabsan, Tong saxarda kuzatibsan, tun bo'yi yo'l qarabsan, Menchi o'ynab kulibman, zerikmabman bezmabman, Yonginangda yuribmanu qariganing sezmabman.
Sal yo'talsam darmon qilib ko'rpachaga o'rarding Xol ahvolim so'rab tinmay parvonalar bo'larding, qosh ko'zlarim lat yesa gar uzoqdan ham ko'rarding, Necha yilki oyoqlaring zir qaqsharkan bilmabman, Yonginangda yuribmanu qariganing sezm