Ehtimol! so'zlardan afzaldir sukut. Ehtimol! aslida jim turmoq foyda. Kechir! eng yaxshisi barini unut. Dilni qiynamoqlik bundan befoyda. Maylida! kungilga bo'lmasin malol. Olmagin yurakka yaqin gaplarim. Kulaver! mayliga endi bemalol. Endi, menga oshno qayg'u-dardlarim. Indama! bir safar qilmaylik urush. Bir gal tinch qo'yaylik arazlarni ham. Qo'yaver! indama! foyda jim turish. Sukut engadi-da g'azablar ham. Istama! Izlama! endi men -menmas. Soxtaday tuyulib ketmoqda so'zim. Tushun! men boshqaman birgina senmas. Tanimay qolyapman o'zimni o'zim.