Tonggi kayfiyat !!!
Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, “Kuf” deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini choʻntagiga yuz mingni solib qoʻyibdi.
Pulni olib, yana “Kuf” deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yoʻq! Birinchi galdagidek “kuflang”, - dermish.
Metroda 2 ta qiz ketayotsa bir yigit qizga termulib turibdi. Shunda yonidagi dugonasi nega ko'p qarayabsiz desa, Yigit bog'dagi gulga qaraydida debdi. Dugonasiga alam qilib bog'dagi gulga bulbul qaraydi qarg'a emas debdi. Shunda siz jim turin gul gapirsin otquloq emas depdi.
Ota-ona o'g'lini gullar bilan, yangi maktab kiyimlarida birinchi sinfga kuzatishdi.
Bola qaytib kelishi bilan ikkovlari uni savolga tutishdi:
-Ho'sh, maktab senga ma'qul bo'ldimi?
O'g'il sumkani bir chetga otarkan, baqirdi:
-Nega menga tushlikkacha deb, aldab jo'natdinglar, axir to'qqiz yil ekan-ku?
Baxtning eng baland cho'qqisiga chiqish uchun,"Pul" "Mashina" yoki qanaqadir "Sehrlichiroq" shart emas.Shunchaki har qanday vaziyatda ham qo'llaringizni qo'yvormaydigan hamrohingiz bo'lsa bas