Ona tobiz qochmasin
Dildan orom qocharkan
Uyimizda rayhonlar
Chanqab suvsiz sòlarkan
Ona tobiz qochmasin
Manga qiyin bòlarkan
Kir kòrmagan kòylaklarim
Kirxonada yotarkan
Ona tobiz qochmasin
Kabgir manga qolarkan
Bemaza ovqatlarim
Faqat sizga yoqarkan
Ona tobiz qochmasin
Opam singlim oģrib qolarkan
Kòzlariga yosh olin
Yonizga yotibolarkan
Ona tobiz qochmasin
Otam saqov bòlarkan
Siqilganidan sigaret
Ovqat bòlib òtarkan
Maqtasam yuzlarin oy derdim
Kòzlarin yulduzlarga tenglardim
Òxshashin osmonlardan izlardim
Yo oydan tushganmi onalar
Yo oydan tushganmi ayollar..