Qafasga sig'maydi orzular qushi, Ko'nglingiz tirnaydi hayot tashvishi. Payoniga yetmaydi bu dunyo ishi, Bir kunda bir soat baxt uchun yashang. Umr o'tmoqdadir yelib, yugurib, Har boshga ming bitta balolar qurib. Dunyo tashvishini bir chetga surib, Bir kunda bir soat baxt uchun yashang.