Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham. Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham, Onam yig'lar, onam yig'lar, onam-u. Sig'may qolsam wunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona. Jonsiz tanim ustida ham parvona, Onam yig'lar, onam yig'lar, onam-u. Tonar bo'lsa qo'limdagi tor dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st,yor,dunyo. Yer-u ko'kni titratib zor-zor dunyo. Onam yig'lar, onam yig'lar, onam-u. Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb, Ko'rib ko'glim to'lmasmidi o'g'lim deb. Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim deb. Onam yig'lar, onam yig'lar, onam-u. Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham. Agar bir zot yig'lasa chin d