Dardkashimdir bir parcha qog'oz, Va bag'riga sig'magan baytlar, Bor davlatim muhabbat holos, Yuragimni o'zimga qaytar. Faqat sening ismingni bilgan, Hatto g'amda baxtiyor kulgan, Har zarrasi sen bilan qolgan, Yuragimni o'zimga qaytar. Sog'inchimdan she'r bitmoq uchun, Dardlarimni aritmoq uchun, Tirikligim his etmoq uchun, Yuragimi o'zimga qaytar. Taqdir qalam ayladi taqdim, Har satrida u seni ayblar, Gunoxkorim asli sen baxtim, Yuragimni o'zingla qaytar