Sevgi - bor yo‘q emas. U faqat ko‘chalarda "tanishaylik" demaydi, ko‘p gapirmaydi. Chunki sizni yoningizda tili aylanmay qoladi. Sevaman deb cho‘chitishdan qo‘rqib shunchaki "yaxshi ko‘raman" deya oladi. Nafsiga erk bermaydi, chunki sizni asraydi.
Siz uchun dunyolarni va’da qilmaydi. Chunki uning dunyosi sizsiz.
Sizni har ko‘rganida yosh bolaga o‘xshab quvonadi. Siz bo‘lsa ko‘p kulishini noto‘g‘ri tushunasiz. U sizni tergamaydi. Chunki sizga ishonadi. U sizga shunchaki kelib ketmaydi. Kelganidan keyin bir umrga qoladi.