Do'stni do'stday ko'rmasak,
Mexr berib turmasak,
Do'stlikni qilsak mazax,
Ishonch yig'lamasmikan?
Qilmasak ishqga vafo,
Bo'lib qolsak bevafo,
Kimgadir qilsak jafo,
Quvonch yig'lamasmikan?
Nafsimizga bo'lsak qul,
Nelarga qodirkin pul,
Nafrat ila tutsak gul,
Iymon yig'lamasmikan?
Joynamoz chetda qolsa,
Dildan poklik yo'qolsa,
Kibor xayolni olsa,
Vijdon yig'lamasmikan?
Qadrdonni suymasak,
Bir bor eslab ko'ymasak,
Davlatga biz to'ymasak,
INSON YIG'LAMASMIKAN?