Ahdimga vafo deb yillarni
kutdim, Tushimga kirar deb
tunlarni kutdim, Bir faqat sen
kelar kunlarni kutdim, Sevgilim,
sen meni sog’inmadingmi?
Gohida yig’ladim yuragim bo’shab, Sen kelar yo’llarga
ko’nglimni to’shab, Hech yo’qsa,
hech yo’qsa, o’zimga o’xshab,
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qalbingga talpinib poyingda o’ldim, Yuragim og’riydi, og’rinib
bo’ldim. Men seni, men seni
sog’inib bo’ldim, Sevgilim, sen
meni sog’inmadingmi?
Men tomon kelmoqqa jur'ating
qani? Sog’insam, ovunay sur'ating qani? Aytgin, ey
muhabbat, qudrating qani?
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qo’lingga tutganim guldayin
ko’ngil, Sevgidan so’zlasang, quldayin ko’ngil, Bir bora
ko’ngilning so’ziga ko’ngil,
Sevgili