Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘
bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq
bugun.
Yuraging qalbimga
ko‘p uzoq bugun.
Hozircha
yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon
bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq
ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi
hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading
borim sevgimni.
Yuraging
sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon
bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib
qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor,
g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga
o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading.
Endi qadri osmon
bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk
armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab
ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab
ketganda.
Kimdir yurib- yurib
tashlab ketg