Yuragim, bir his o'rtaydi, Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi. Ko'nglim har on, sizni qo'msaydi, Onajonim, sog'indim, sizni. Ko'zlarimga, kelmaydi uyqu, Meni qiynar, bir ajib tuyg'u, Bilmadim bu, sevinchmi, qayg'u ? Onajonim, sog'indim, sizni. Keling, onam, mehmonim bo'ling, Boshim uzra, posbonim bo'ling. Yuragimga, darmonim bo'ling, Onajonim, sog'indim, sizni. Yolvoraman, har tong, Olloxga, Olib tursin, sizni panohga. Borolmasam, yo'ymang gunohga, Onajonim, sog'indim, sizni. Tonglar, qo'lim ochib duoga, Iltijolar qilgum, Hudoga. Umringiz etsun ziyoda, Onajonim, sog'indim, sizni !