Qo'y tikilma, oppoq ekranga,
Ko'zni aya,
Qiynalmasin jon!
Farishtalar qo'nib yelkanga ,
Bir miriqib uxla Dostonjon
Ertani qòy,
Bugunni unut!
Shaodatni qulog'ingda tut!
Tun qóynida xukumron sukut,
Bir miriqib uxla Dostonjon
So'nmoq vojib, yulduz oyda xam,
Tinim bordir dengiz soyda xam.
Alloh bergan qattiq joyda xam,
Bir miriqib uxla Dostonjon
Chamamda sen tog'day bor eding,
Gap so'zlardan ancha oriding.
Kun-i bòy-i ishlab ,
Bir miriqib uxla Dostonjon
Kòp o'ylama o'tmishni titib,
Dil yaralar ketar-da bitib,
O'zga yetmas,qadringa yetib,
Bugun erta uxla Dostonjon
,,Sog'inch muzday erib ketsin" deb,
,,Uyqu diydor tuxfa etsin" deb,
,,Tushlarimga Onam kirsin "deb
To'yguningcha uxla . Dostonjo