Baxs ayladi shaytoni lain. Allox birlan bir tun atayin. Dede: - nuchun meni shayton deyursan, nechun buncha lanat yoyursan? Bandalaring qilur tosh bo'ron, urugimga tilar qiron. Axir menku sening farishtang, vujudimda bogluqdur rishtang. Odam zotni yartding loydan, oxirati muqarrar voydan. Bandam deyursan mudom suyursan,gunoxiga o'zung kuyursan. Allox dedi:odam zot yartguvchidur ul nematni tartguvchidur. Men bandamni sinagin dedim, tun kechalar tunagin dedim. Senchi iblis bulding riyokor, bor buzgunda bulding fidokor. Yetim qilib aylab darbadar, ne yigitni qilding oq padar. Bazi gumrox buldi padarkush, ezgu niyat sundi misli tush. Meros talab qimorboz aka, pichoq olib yugurdi uka. Ne zotla