Mendan nimaqolar:Ikki misra she’r,Ikki sandiq kitob,Bir uyum tuproq.Odamlar ortimdan,Nima desa der,Men seni o'ylaymanO'zimdan ko'proq –Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq!Men ketsam,yomondan Yiroqbo'l ohu,Chunki sen chiroyli,Ko'rkli bir juvon.Yomon kunlar bir kunYaxshi bo'lar-u,Yomon odam yaxshiBo'lmas hech qachon…Yasha chegaradaTurgandek ogoh,Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq!Uyda yotibman-u,Sezib turipman,Ko'kda kelayotirQushlar qaytishib.Xayrlar yog'diribQanotlaridan,Xasta shoirigaVido aytishib.Bor, meningUchun hamUlarga qo'l qoq –Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq!Ularni men yanaKo'rarmanmi-a,Ayvondan odamdekKuzatolmadim.Kuz. To'ylar boshlandi.Yuragim pora –Bitta qizimni hamUzatolmadim…Demak, taqdir