Ko'nglimda bor bir hotamtoylik,
Omad kelib qo'msaydi boshga.
Halol ishlab topsamu boylik,
Olib borsam Onamni hajga.
Bedor o'tgan tunlarin haqqi,
Bedor kutgan kunlarin haqqi.
Bu ham asli onamning haqqi,
Olib borsam onamni hajga.
Borib ko'ngli shod bo'lsa deyman,
Armonlari yod bo'lsa deyman.
Duolari dillarga malham,
Olib borsam onamni hajga.
Amallar ko'p amallar bisyor,
Bajarmoqqa keksayu yoshga.
Hudodan bir so'raganim bor,
Olib borsam onamni
hajga.