Yurtim obro'siga ko'z tika ko'rmang,
Bu yurtning obro'si ko'kka yetgusi.
Andisha qilganni qo'rqoqqa yo'ymang,
Jim turib yengmoqlik mardlik belgisi.
Chorak asrdirki mustaqil bo'ldi,
Mustahkam qurildi bizning poydevor.
Bu yurtga umrini, jonini bergan,
Arshi a'loda o'z suyanchig'i bor.