Xat yozaman ko'zlarimda yosh
Mehring takror qumsaydi jonim
O'zing eding ham oy, ham quyosh
Meni hayotdagi so'ngi Armonim
-----------------------
Kechir meni aqlimni olgan
Yuragimga o't yoqqan qiz
Birinchi bor qalbimni chertib
Kulganimda sho'x boqqan qiz
Yoshlik qilib boqishlaringni
Baxt beruvchi muhabbat debman
Eslaganda har dam nomingni
Sevgi yo'li mashaqqat debman
Endi bilsam to'ying bo'larkan
Ruxsat etgin men tabriklayin
Menga nasib qilmagan baxtni
O'sha yigitga senga tilayin
Oylar o'tib yillar o'tganda
Men to'yimga taklif qilayin
Unutmasdan sening nomingni
Qizchamga isming qo'yayin.