G'allaorol
G'allaorol g'allang buyul g'alatiroq.
G'alla o'sgan dalang buyul g'alatiroq,
Shoshlik qizni sevib qopti shoshga borib.
Dehqon o'sgan bolang buyul g'alatiroq,
Ushalsin deb yurakdagi armonini.
Ketmon chopib qiynamayman deb jonini,
Uloqtirdi otasining ketmonini...
Ketmon sening nolang buyul g'alatiroq.
Shoshga borib aqling shoshib qoldi bola,
So'ng tajribang biroz oshib qoldi bola.
Muhabbatdan tobing qochib qoldi bola,
Axx bo'ydoqlik pallang buyul g'alatiroq.
Qaro ko'zli qoshli qizni sevding bola,
Naqd o'nsakkiz yoshli qizni sevding bola.
Dod qaydanam Shoshlik qizni sevding bola,
Xafa bo'lma kallang buyul g'alatiroq.
Go'zalliging hammadan ham a'lomidi,
Ishqing