''O'tgan kunlar'' O'tgan kunlar o'tdida, Kecha bo'lmas bugunlar. Orga qaytmoq chorasiz, Ketdik dilda tugunlar. Xatolari ko'p bandamiz, Gunox qildik o'lguncha. Hech to'ymadik dunyoga, Ko'zga tuproq To'lguncha. Otliq bo'lsak gardayib, Mensimay qo'l uzatdik. Yayov bo'lsak otliqni, Ming xasadda kuzatdik. Talash bo'ldi dunyolar, Nishon bildik to'rlarni. Nochorlarni kim atab, Akam dedik zo'rlarni. Xar odamda xar taqdir, Kimdir quyosh kim soya. Tug'ulmoq bu boshlanish, O'lmoqlikdur nixoya. Qarang axir xar yonda, Qiyomatdan bor xabar. O'tgan kunlar o'tdida, Kecha bo'lmas bugunlar. Ortga qaytmoq chorasiz, Ketdik dilda tuginlar...