Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Vaslingga intiqman tanho ALLOHim. O'zingsan qudratli yolg'iz panohim. Tavbamni qabul et kechir gunohim. Jonimni olsang ham iymonim olma. Sening yo'llaringda uzilsin jonim. Sening yo'llaringda to'kilsin qonim. Ha shu bo'lar mening eng go'zal onim. Jonimni olsang ham iymonim olma. Dilimga nomingni o'chmas qilib yoz. Noming qancha aytsam rabbim shuncha oz. Jannatlarda men ham qilayin parvoz. Jonimni olsang ham iymonim olma. Mayli barcha dardga qilaman sabr. Mayli jonimga ham bersinlar jabr. Mayli meni erta chorlasin qabr. Jonimni olsang ham iymonim olma!