Yulduzlardan sog'inchim bisyor, dardim kuyga sololmaydi tor, senga bitta iltimosim bor, sezdirmasdan bir kelib ketgin! Alamlarni bag'ringa bosib, huv kòklarga g'ururni osib, tuproq bulgan qadrni bosib, egilmasdan bir kelib ketgin! Yaqin qilib yirnqlarimni, intiq qilmay nigohlarimni, kechirilmas gunohlarimni, kechirmasdan bir kelib ketgin! Alloh yuling qilsin bexatar, armon sendan qolsin bexabar, utinaman hech yuq shu safar, kechikmasdan bir kelib ketgin! Ostonamdan uchgandi izing uchgan eding tilaklarimdan, va men seni yuraklarimdan uchirmasdan bir kelib ketgin! Holim etmas boshqa hijronga, sen yaxshisan raxm et yomonga, men ham borsa kelmas tomonga ketmasimdan, BIR KELIB KETGIN!