Yirtib tashlab yozgan xatimni,
Goh o'ylanib, goho kulasiz.
Ortingizdam qolmay yurganim,
Bu kunlarni qo'msab qolasiz.
Poylar edim ko'cha boshida,
Kuzataz deb, koshonangizga.
Kim yozilgan peshonamizga,
Bu kunlarni qo'msab qolasiz.
Mushtlashardik kundoshlar bilan,
Hamma derdi, O'zim olaman.
Siz beparvo mensimay o'tgan,
Shu kunlarni qo'msab qolasiz.
Aytib berib siz akangizga,
Amakingiz va otangizga,
Kaltaklar sovg'a qilib bizga,
Kulgan kunni qo'msab qolasiz.
Ortingizdan chopgan kunlarim,
Xatni uzmaz yozgan tunlarim,
Xotiralar bag'rida bugun,
O'tgan kunlar eslab qolamiz.
Baxtli bo'ling yoringiz bilan,
Tanlaganiz chin taqdir bo'lsin.
Xotirani varaqlab turing,
Shun