Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Yana bir ajoyib sevgi qissasi.... Inson qarisa ham ko'ngil hali hamon yosh........ Bu voqea qishda,2-3 yil ilgari bo`lgandi adashmasam. Qish har yilgidan sovuq keldi, hamma tomonda qalin qor. O`sha kuni tongda odatdagidek ishga otlandim. Kun juda sovuq, ko`chada ham odam kam. Izg'irin qalin kiyimdan ham o`tib tanaga igna sanchadigan darajada. Aksiga olib mashinalar ham ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun kiyingan qariyaga ko`zim tushib bunaqa sovuqda ko`chadaturganligiga hayron qoldim. Tushunarli, u tilanchilik qilayotgan ekan. Sira o`xshamaydi tilanchiga. Bu sovuqda ko`chada odam kamligi mayliyu, bori ham cho`ntak kavlashga erinadi. Yonidan o`tayotib biroz pul tutdim. Ko`zlari juda g'amgin boqa