Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, doğ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qöllariga aso - bir tayoq tushsin.
Imoni sof, yuzga kirib yoruğ yuz,
Töylar körib yelkasidan toğ tushsin.
Jismiga söngi safar oldidan,
Öz bolasin qölidan tuproq tushsin...