Nima bo'ldi? Sog'indingmi? Sog'inmayman deganding-ku. Nima bo'ldi o'rgandingmi? G'urur ila ketganding-ku. Nima bo'ldi ko'zlaringga? Yig'lab-yig'lab to'ydingmi sen. Sendan ko'ngil uzganimda, Endi ko'ngil qo'ydingmi sen. Mana endi zor bo'lasan, Sevdim faqat so'zlarimda. Kel deganda rahming kelmay, Yig'lab turgan ko'zlarimga. Qaytar dunyo ekan mana, Men aytaman o'shal so'zni. Xatto nazarimga ilmay, Yig'lab turgan qaro ko'zni. Men shundayin bag'ritoshman, Shiorim shu: QAYTAR DUNYO!