Kuz - sarg'aygan yaproqlar fasli, Sog'inchlarni eslatgan yomg'ir. U biz kabi bir telba asli, Kuzning dardi bunchalar og'ir. Qadam bossam shitirlar xazon, Yolvorgandek kuchsiz bemador. Yurak urib borar chalajon, Xazonlar dardi unda ham bor. Nechanchi bor o'tarman yolg'iz, O'sha sokin jim-jit ko'chadan. Nahot endi xazon hayoli, Asrar meni yolg'iz kechadan. Qiziq, nechun satrlarimda, Men sevgini kuylamay qo'ydim. Qalb yulduzsiz osmondek bo'm-bo'sh, Men hijronning dardidan to'ydim...