Kel dunyoning g'amlarin unutBaxt quyoshing to'smasinbulut,Saqlamasdan qarshimda sukutBir ayt meni sog'inganingni.Visolingiz etsin deb nasib,Dil chigilim tashlagin yozib.Va bag'ringga turganchabosib,Bir ayt meni sog'inganingni.Hayajondan qizarsa yuzlar,Bir-biriga to'ymasa ko'zlar,Izlamasdan chiroyli so'zlar,Bir ayt meni sog'inganingni.Shunda baxtni yetay menanglab,Ololmasdan hushimnio'nglab ,Mast bo'layin shu so'znitinglab,Bir ayt meni sog'inganingni.Men- umringning bahor,yoziman,Muhabbatning dardli soziman,Sevishingni aytma roziman.Bir ayt meni sog'inganingni!!!