Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sog'inasan sog'indim deb aytolmaysan,
Sevasanu uni izhor etolmaysan.
Ko'nglingda nimalar bor? tutasan pinhon.
Gar yashirsang muhabbatga yetolmaysan.
Qizg'onasan o'zgalardan suratin ham,
Aytging kelmas begonaga na otin ham.
Ayyorgina yoqimtoying bilib tanho,
O'ylamasang ololmaysan tunda tin ham.
So'zlashsa gar o'zgalarla, rashking kelar,
"Qizg'onaman men hammadan" - aytging kelar.
Paydo bo'lsa kalima ham kelmas tilga,
Loqal bir bor qo'llaridan tutging kelar.