Mehr nuri yog'ar doim ko'zingizdan, ustozlar,
Yursam deyman bu tabarruk izingizdan, ustozlar.
Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so'zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo'q g'ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog'ining bog'bonisiz, charog'bonsiz ko'ngilga,
Ming ehtirom o'g'lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to'ridan,
Mo'min hayot darsin o'qir o'zingizdan, ustozlar...