Uni sevib ne topdim, Faqat g'amu-alammi? Mening yolg'iz dardkashim, Oq qog'ozu-qalammi? Yozaversam dardlarim, Ado bo'lay demaydi? Mening shuncha kuyganim, Ul bevafo bilmaydi. Qog'ozning ham yuzlarin, Qora qilib tashladim. Bilib turib o'z boshim, Balolarga boshladim. Deyishardi hech ham sevma, Sevgi faqat qiynoqdir. Shirin dami bir onlik, Misolu bir chaqmoqdir. Qarshi chiqdim barchaga, Menda unday bo'lmaydi. Uning ishqi haqiqiy, Sevgisi hech o'lmaydi. Adashibman bilsam men, Yorim ekan bevafo. Sevgi dardi bunchalar, Bo'lar ekan bedavo. Kuzda yog'gan yomg'ir kabi, Ko'z yoshlarim to'kadi. Ul yoshlarga mening oppoq, Orzularim cho'kadi. Ul bevafo yurar shodon, O'zga yorla kulishib. Men yashayman h