Puling b6lsa yurganda, Savlat to'kib yurasan, Kulganda ham yurakdan, Handon otib kulasan. Ko'zlaringga dunyo keng, Kunlaring wod o'tadi. Quloching osmonga teng, Qayga cho'zsang yetadi. Qo'lingga qo'nsa omad, Oqib kelsa daromad. Yo'qotmagin o'zingni, Ochgil ko'ngil ko'zingni. Omadni quw deydilar, Qanoti bor uchadi. Uchib ketsa obro'ying, Qadring olib qochadi. Eslab o'tgan damlaring, Yurak bagring ezilar. Dilingdagi g'amlaring, Ko'zingdan ham sezilar. Hech kim quloq solmasa, Dilingdagi dodinga. Donolarni so'zlari, Tuwar seni yodinga, Yahwi bilan yurganda, Yomoningni unutma. Yangi kiysang eskirgan, Choponingni unutma!