Kelayotgan yangi yil bilan hammani tabriklayman yangi yil omad baxt eski yilda yetmagan niyatlarga yangi yilda yetishga tilak doshman yangi yil omadli yil kelsin.
Hayot doim bo'lgan biri kam,
Kimdur kuladi kimning ko'zi nam,
Hayoting azobga ko'milganda ham,
To tirik ekanman Gulim yig'lama!!!
Borib ko'z yoshlaring artolmasam ham,
Dardingni o'zimga ololmasam ham,
Yoningda umirbod qololmasam ham,
To tirik ekanman Gulim yig'lama!!!
Ko'zlaring yoshlari qalbimni qiynar,
Ko'zlaring yoshidan yuragim yig'lar,
Yig'lasang azobdan baqirgim kelar,
To tirik ekanman Gulim yig'lama!!!
Kulgin kulgingdan men ham quvonay,
Shunda barcha g'amim birdan unitay,
Mayli quvonchingdan quvonib o'lay,
To tirik ekanman Gulim yig'lama!!!
Ota onang so'zlari og'ir botsa ham,
Do'stim do'stingmanku so'zim unitma,
Hayotda qiynalsang qiyin damda ham,
To tirik ekanman Gulim yig'lama!