Do'stim vayronada bo'lsa,
Menga saroy ne kerak?
Do'stim g'amxonada bo'lsa,
Menga hush joy ne kerak?
Bo'y cho'zsam osmonlarga,
Qad roslab maydonlarda,
Do'stim zindonlarda bo'lsa,
Menga ul oy ne kerak?
Ne kerak, do'stim savlat,
Quruq yuz, quruq surat,
Do'stim dushmanlardan bo'lsa,
Menga chiroy ne kerak?
Baxtdan bog'lansa ko'zim,
Uyimda boshlab bazm,
Do'stim azada bo'lsa,
Menga ul to'y ne kerak?
Yolg'ondan yoki rostdan,
Kechib bo'lmaydi do'stdan,
Gar nishon do'stim bo'lsa,
Menga u yoy ne kerak?
Ming roziman taqdirimdan,
Chin do'stlar topdim yo'limda'
Do'stim peshonamda bo'lsa,
Boshqa ma'no ne kerak?