YOMG'IR YOG'SAYU YUVILIB KETSAM" Bir yaproq bo'lsam, daraxtga osilgan, Kuz kelsa-yu, hazon bo'lib sochilib ketsam. G'ubor bo'lsam oyoq ostida bosilgan, Yomg'ir yog'sa-yu, yuvilib ketsam... Yoki bir tosh bo'lsam, cho'qqining bag'rida, Mayin sabo ta'sirida yiqilib tushsam. So'ngra ko'milib dengiz qarida, Hammaning yodidan abadga o'chsam... Hamma unutsa... eslamasa bir zumga, Ko'milib ketsam tuproqning tub- tubiga, Yoshlarni to'xtatsa edi tuproq kirib ko'zimga... Qurtlar teshsa tanamni, sezilmasa o'zimga... Yomg'ir bo'lsam, tomchilab yerga talpingan, Singib ketardim zaminning qat- qatiga, Izlashsalar topolmasdi bir bor atiga... Shunda tog'lar qulardi men oshiqning jur'atiga... Qo