Hayotim poyoni körinib qoldi Wijoat örnini sokinlik oldi Vijdonim xayolga öylarga toldi Sendan yodgor bölib nelar qolmoqda Umr ötmoqdadir umr ötmoqda. Umring bahorida nimalar ekding? Yozida agar-ci zaxmatlar cekding Döppi bir aylanib közga ham yetding Izg'irinli qiw ham ewik qoqmoqda Umr ötmoqdadir umr ötmoqda. Ibodat qildingmi Rabbingga Haqqa? Manfaat yetdimi yurtingga xalqqa? Sendan rozimikan bolayu chaqa? Erta seni katta Hisob kutmoqda Umr ötmoqdadir umr ötmoqda. Hali ham fursatni g'animat bilgin Ibodat mehnatga jiddu jaxd qilgin Donolar sözini quloqqa ilgin: -- Umr oqar suvdir, olg'a ketmoqda Umr ötmoqdadir umr ötmoqda.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4