Yelkasi achishar tunda uxlatmay,
Kunlar ham soviydi qilganday atay.
Mehnatkash jigarlarim sizdan aylanay,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Qizini sog'insa qilar qong'iroq,
Yig'lab gapirmaydi ularga biroq.
Deyishar sog'inch ham azobli qiynoq,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Ertalab uyg'onib otlanar ishga,
Qaramaydi sovuq deb sakkiz oy qishga.
Chidab ishlar qo'yib tishini tishga,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
O'g'li der dadajon kelasiz qachon?
Kelsangiz yotaman qilib olib achom.
Shunday deb o'tmoqda qancha Bomdod Shom,
Musofir yurtlarning musulmonlari.
Qo'llari yorilib qadoqlar unsa,
Oyoq zax u qo'lda loy shuvab ursa,
Mayli edi har oyda bir kelib tursa,
Musofir yurtlarning musulmo