Vijdonin sotganlar yig'lamaganda,
Gunoxga botganlar yig'lamaganda,
Birovni yig'latib roxatlar qilib,
Diydasi qotganlar yig'lamaganda,
O'zingiz aytganday turib mardona,
Siz nega yig'laysiz yig'lamang ona...
Yig'lamang munisim sadqai ko'z yosh,
Bandasiga yolg'on, yaratganga fosh,
Sochingizni bitta oq tolasiga,
Dunyo arzimaydi dunyo bag'ritosh,
Tirnalgan bag'rimni tig'lamang ona,
Siz nega yig'laysiz yig'lamang ona...
Yuzimga yarashgan kulguchim bo'lib,
Suyanguvchim bo'lib suyguchim bo'lib,
Edingizku nega egik qaddingiz,
Yiqilsam turg'azib quyguchim bo'lib,
Siz nega yig'laysiz yig'lamang ona...
Umrim fayzlidir o'zingiz bilan,
Nokasga tik boqing ko'zingiz bilan,
Ishoning siz hali faxrlanarsiz
Kimlar uchun yuksaklarga
Parvoz qilgan zõrman men,
Lekin ular bilmaydilar
Hali hamon ğõrman men.
Yonimdagi jannatimni
Kõrolmagan kõrman men,
Chin manzilim yonimda-yu
Uzoqlarni kõzlabman.
Yoningizda turipman-u
Qariganiz sezmapman.
Oy õtarkan, yil õtarkan
Onaizor farzand nima bersa
Shuni yurarkan,
Qariganda hatto non ham
Oshqazonga botarkan.
Yumshoq noni choyga qõshib
Qaymoq bilan bermapman.
Yoningizda turipman-u
Qariganiz sezmapman.
Dunyoga keltiripsiz
Oq yuvib oq tarabsiz,
Umri uzoq bõlsin deb
Yaratgandan sõrabsiz.
Menchi õynab kulibman-u
Zerikmapman bezmapman,
Yoningizda turipman-u
Qariganiz sezmapman.
Sal yõtalsam darmon qilib
Kõrpachaga õrardiz,
Hol ahvolim sõrab tinmay
Parvonalar