Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
O ota makonim Onajon o'lkam O'zbekiston jonim to'shay soyangga Senday mexribon yo'q Seningdek ko'rkam Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go'sha suv bo'lsa bir go'sha qirlar Qancha yurtni ko'rdim qancha taqdirlar Qayga borsam suyab boshni tik tut deb Tog'laring izimdan ergashib yurar. Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin Yo xudbinman yo bir sodda karman men Parijning eng go'zal restaranlarin Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko'nayin Na til bilayin Ko'zdan uyqu qochdi dildan xalovat Uch kunda sog'insam nima qilayin Chala qolar bo'ldi xamma sayoxat. Bildimki baridan ulug'im o'zing Bildimki yaqini shu tuproq menga Baxorda Baxmalda tug'ilgan qo'zing Arab oxusidan azizroq menga