Ộฑ ツѼ Men bunda oromsiz, bedor yotganda Sen unda uxlaysan mazzani qilib. Uyqusiz tun o`tib, tong ham otganda, Xolim ham so`rmaysan o`zingdan bilib. Kunduzi ish bilan ovora yana, Biroz unutaman seni vaslingni. Kun botib, tun bo`lib yana devona, Uxlamay qo`msayman seni aslingni Kutaman o`zimni ishda chalg`itib, O`taman kun sanab, oy sanab yana. Senchi bir boqmaysan yonimdan o`tib, Tutayman, shunda ham kutaman yona. Ko`ngling bor bilaman sening ham menda, Rashkimni, sabrimni sinaysan hamon. Men esa uxlamay uyqusiz tunda, Sha`ningga she`r bitib yozdim shu zamon.