Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u ...
Sig'may qolsam shunday keng bu jahonga,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona.
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u ...
Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo.
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor dunyo,
Yeru ko'kni titratib zor-zor dunyo -
Onam yig'lar, onam yig'lar , onam u ...
Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb,
Ko'rib ko'nglim to'lmasmidi, o'g'lim deb,
Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u ...
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo'lsam bir